🩺 Rejali sanitariya-epidemiologik nazorat tadbiri o‘tkazildi
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Ko‘liyon MFY hududida joylashgan 20-sonli oilaviy poliklinikada rejali sanitariya-epidemiologik nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔬 Tadbir davomida sanitariya-bakteriologik tahlil uchun tibbiyot muassasasi xodimlarining qo‘llari va maxsus kiyimlari (xalatlari), shuningdek, tibbiy jihozlar yuzalaridan surtma namunalari olindi.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Sanepidqömita Buxoro viloyati boşqarmasi Axborot xizmati