❗️Changli havodan himoyalanish uchun muhim tavsiya
✅ Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing.
✅ Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘ying.
✅ Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
✅ Ko‘proq suv iching!
🚫 Changli havo bo‘lganda ochiq havoda harakat qilishni cheklang!
✅ Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishingizni yengillashtiradi.
✅ Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!
✅ Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
‼️ Agar Sizda nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, tezda shifokor bilan maslahatlashing.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati