Yangiliklar

2026-03-06

🦠 Qizamiq kasalligini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari

topics-img

🦠 Qizamiq kasalligini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari

‼️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi G‘ijduvon tumani bo‘limi hamda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlariga qizamiq kasalligini oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

📋 Seminar davomida qizamiq kasalligining belgilari, yuqish yo‘llari hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kasallikdan himoyalanishning eng samarali usuli — o‘z vaqtida emlash ekanligi alohida ta’kidlandi.

📢  Shuningdek, ushbu kasallikning oldini olish maqsadida aholiga keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilishi zarurligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati