Yangiliklar

2026-10-20

🔬 Gelmintoz kasalliklarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar

topics-img

🔬 Gelmintoz kasalliklarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar

 

🔬Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan 50-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida gelmintoz (gijja) kasalliklarini erta aniqlash va oldini olish maqsadida rejali tibbiy tekshiruvlar tashkil etildi.

 

 

 

🩺 Tadbir davomida o‘quvchilardan laboratoriya tahlillari olindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan bolalarga parazitar kasalliklardan himoyalanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, qo‘llarni sovunlab yuvish hamda meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

 

 

🧼 Bundan tashqari, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, xonalar tozaligi, shamollatish tartibi hamda bolalar o‘rtasida shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarining shakllantirilishiga alohida e’tibor qaratildi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati