Mahallalarda kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari
‼️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Olot tumani bo‘limi xodimlari tomonidan aholi xonadonlarida gripp va gepatit kasalliklarini oldini olish maqsadida sanitar targ‘ibot ishlari olib borildi.
📌 Targ‘ibot davomida fuqarolarga quyidagilar tushuntirildi:
🔹 Qo‘l yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
🔹 Kasallik belgilari va ularni oldini olish usullari;
🔹 Ovqat va ichimliklar gigiyenasiga rioya qilish;
🔹 Gripp va gepatitga qarshi emlashning ahamiyati bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati