Yangiliklar

2026-07-24

📍 28-iyul — Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni munosabati bilan seminar-trening o‘tkazildi

topics-img

seminar-trening o‘tkazildi
 

✅ 28-iyul — Butunjahon gepatitga qarshi kurash kuni munosabati bilan Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar va parazitologiya ilmiy-amaliy markazi (REMYu va PKIAM) Buxoro filialida virusli gepatitlarning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

 


👥 Tadbirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, shahar va tuman tibbiyot birlashmalarining bosh infeksionistlari, markaziy poliklinikalarning yuqumli kasalliklar kabinetlari (KIZ) shifokorlari, laboratoriya mutaxassislari, skrining ishlari uchun mas’ul xodimlar hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi va shahar, tuman bo‘limlarining vrach-epidemiologlari ishtirok etdi.

 


🦠Seminar davomida virusli gepatitlarni erta aniqlash, skrining tadbirlarini kengaytirish, zamonaviy laboratoriya diagnostikasi usullarini amaliyotga joriy etish, aholini vaksinatsiya bilan qamrab olish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish hamda virusli gepatitlar bo‘yicha epidemiologik nazoratni takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati