Yangiliklar

2026-07-29

🏡 Mahallalarda sanitariya targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

topics-img

🏡 Mahallalarda sanitariya targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida "mahallabay" ishlash tizimi asosida profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

 

📌 Tadbirlar doirasida "Tobagar" va "Oxshix" mahallalari ko‘chalarida fuqarolar o‘rtasida sanitariya-gigiyena va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

 

📃 Targ‘ibot davomida aholiga yuqumli kasalliklar, jumladan qizamiq, virusli gepatitlar va quturish kasalliklarining oldini olish choralari, emlashning ahamiyati, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🛡 Shuningdek, fuqarolar sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, atrof-muhit tozaligini saqlash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati