⚡️⚡️ Rasmiy munosabat: Aholi murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 16-sonli "Lastochka" maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida foydalanilayotgan ovoz kuchaytirgich sabab yaqin atrofda yashovchi fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgani, xususan, ertalabki tadbirlar vaqtida baland ovoz kuzatilayotgani yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
‼️Mazkur murojaat yuzasidan Sanepidqo‘mita Buxoro shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish natijasida tashkilot ma’muriyatiga ovoz kuchaytirgich tovushini me’yoriy darajada saqlash, imkon qadar ovoz uskunalarini turar joylar tomonga emas, balki bog‘cha hududi ichkarisiga qaratib joylashtirish hamda tadbirlarni yaqin atrofda yashovchi fuqarolarning osoyishtaligiga xalaqit bermaydigan tarzda tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌 Shuningdek, tashkilot ma’muriyati tomonidan ovoz kuchaytirgichdan foydalanish har kuni soat 08:30 dan 09:00 gacha davom etishi, uning ovoz balandligi pasaytirilishi hamda ushbu masala doimiy nazoratga olingani ma’lum qilindi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati