🩺 Biofaol qo‘shimchalar sog‘liq uchun zararlimi?
💊 Biofaol qo‘shimchalar — vitamin, mineral, o‘simlik ekstraktlari va boshqa moddalarni o‘z ichiga olgan mahsulotlardir. Ular dori vositasi o‘rnini bosa olmaydi.
⚠️ Me’yoridan ortiq yoki shifokor tavsiyasisiz qabul qilish ayrim hollarda sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin.
Jumladan:
🔹 allergik reaksiyalar;
🔹 oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi;
🔹 ayrim dori vositalari bilan noxush ta’sirlashuv;
🔹 vitamin va minerallarning ortiqcha to‘planishi kuzatilishi mumkin.
✅ Tavsiya: Biofaol qo‘shimchalarni iste’mol qilishdan avval uning tarkibi, qo‘llash tartibi va yaroqlilik muddatiga e’tibor bering. Sog‘lig‘ingizga mosligini aniqlash uchun mutaxassis tavsiyasini olish maqsadga muvofiq.
🏥 Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang — o‘zboshimchalik bilan davolanishdan saqlaning!
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati