📌 Maktablarda kompleks o‘rganish ishlari olib borilmoqda
📚 Yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan Buxoro shahridagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash maqsadida kompleks o‘rganish ishlari olib borildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasining Buxoro shahar bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Ichki ishlar bo‘limi, gaz ta’minoti, suv ta’minoti hamda elektr tarmoqlari mas’ullari ishtirok etdi.
🔎 Tadbir davomida maktablarning:
🧼 sanitariya-gigiyena holati;
⚡️ elektr ta’minoti;
🔥 gaz ta’minoti;
💧 ichimlik suvi va suv ta’minoti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
📋 O‘rganishlar davomida maktab mas’ullariga sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
♻️ Asosiy maqsad — yangi o‘quv yilini belgilangan sanitariya va xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilgan holda boshlash hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib ta’lim sharoitlarini ta’minlashdan iborat.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati