Maktablarda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi
‼️ Ma’lum bir kasalliklarni oldini olishda albatta dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazib borish maqsadga muvofiqdir, shuningdek yuzaga keluvchi har qanday infeksiyalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ularni tobora avj olishdan saqlashga zamin yaratadi.
✅ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi xodimlari tomonidan yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin Buxoro shahridagi bir qator umumta’lim maktablarida dezinfeksiya tadbirlari olib borildi.
♻️ Tadbir davomida maktablarning hojatxonalari, eshik tutqichlari, yo‘laklari va o‘quv jarayonida muntazam foydalaniladigan umumiy joylari maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida belgilangan tartibda zararsizlantirildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati