Yangiliklar

2026-10-12

DEHQON BOZORIDA SANITARIYA TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI

topics-img

DEHQON BOZORIDA SANITARIYA TARG‘IBOTI O‘TKAZILDI

 

🥬 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan dehqon bozorida aholi va sotuvchilar o‘rtasida sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

🔹 Targ‘ibot davomida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va sotishda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash hamda savdo rastalari va bozor hududida tozalikni saqlash masalalari tushuntirildi.

✅ Shuningdek, sotuvchilarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanishdan himoya qilish va iste’molchilar salomatligini asrash yuzasidan tavsiyalar berildi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati