Yangiliklar

2026-10-07

🛫 BUXORO XALQARO AEROPORTIDA HAMKORLIKDA NAZORAT TADBIRI

topics-img

🛫 BUXORO XALQARO AEROPORTIDA HAMKORLIKDA NAZORAT TADBIRI

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda Buxoro xalqaro aeroportida tashkil etilgan Sanitariya-karantin punkti hamda Veterinariya nazorati postlarida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

🤝 Tadbir davomida xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratilib, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularning chetdan kirib kelishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik va epidemiologik nazorat tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish, mavjud holatni baholash hamda zarur choralarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

🔎 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda profilaktik choralarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🛡️ Mazkur hamkorlikdagi tadbirlarning asosiy maqsadi — aholi salomatligini himoya qilish, hududga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashdan iborat.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati