🦠 O‘TA XAVFLI YUQUMLI KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI
🔬 Respublika O‘lat profilaktikasi markazi Buxoro bo‘limida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar diagnostikasi va profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda laboratoriya imkoniyatlari o‘rganildi.
📊 Shuningdek, kasalliklarni erta aniqlash, epidemiologik nazoratni kuchaytirish va laboratoriya tekshiruvlari samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Tadbir yakunida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelishib olindi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati