🥗 DEHQON BOZORLARIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA
📌 Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasining Buxoro tuman xodimlari tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni olib bormoqda.
🔎 Tadbirlar davomida:
🔹 Uy sharoitida tayyorlangan hamda sifati talabga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldini olishga e’tibor qaratilmoqda.
🔹 Savdo nuqtalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan talablarga muvofiq saqlash bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati