🏫 Maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya nazorati tadbirlari
✅ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida rejali nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
🧪 Nazorat davomida oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi sifatini laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazish uchun namunalar olindi.
🔍 Shuningdek, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash joylarining sanitariya holati, tozalik darajasi hamda gigiyena qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati