Yangiliklar

2026-08-20

🔬 Parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha laborator tekshiruvlar davom etmoqda

topics-img

🔬 Parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha laborator tekshiruvlar davom etmoqda

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Zarafshon” MFY hududida joylashgan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida gelmintoz kasalliklarini erta aniqlash va profilaktika qilish maqsadida reja asosidagi ko‘rik o‘tkazildi.
 


🔍 Tekshiruv jarayonida 102 nafar tarbiyalanuvchidan perianal soha surtmalari olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, 3 nafar bolada gijja tuxumlari aniqlandi.

 

📈 Aniqlangan holatlar bo‘yicha bolalarni sog‘lomlashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, muassasa xodimlari va ota-onalar ishtirokida shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati