Yangiliklar

2026-08-19

📌 Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi

topics-img

📌 Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi

🔹 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i E.U. Danaev tomonidan Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.A. To‘xtaev, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlari va mas’ul xodimlar bilan birma-bir suhbatlar o‘tkazildi.


Suhbatlar davomida aniqlangan kamchiliklarning yuzaga kelish sabablari, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanishining oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, xodimlar hamda rahbarlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.


💻 Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida inson omilini imkon qadar kamaytirish, xizmatlarni to‘liq raqamlashtirish va shaffof mexanizmlarni joriy etish lozimligi qayd etildi.

Boshqarma boshlig‘i A.A. To‘xtaev tomonidan hududiy bo‘lim rahbarlari va mas’ul mutaxassislarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy topshiriq va ogohlantirishlar berildi.

 

✅ Belgilangan vazifalarning ijrosi, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish hamda faoliyatda qonuniylik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash bo‘yicha ishlar nazoratga olindi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati