🔬 Parazitar kasalliklarning oldini olish bo‘yicha laborator tekshiruvlar davom etmoqda
‼️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Qovchin" MFY hududida joylashgan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti fillialida gelmintoz kasalliklarini erta aniqlash va profilaktika qilish maqsadida reja asosidagi ko‘rik o‘tkazildi.
🔍 Tekshiruv jarayonida 36 nafar tarbiyalanuvchidan perianal soha surtmalari olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, 36 nafar bolada gijja tuxumlari aniqlanmadi.
🧪 Bunday laborator tekshiruvlar parazitar kasalliklarni erta aniqlash, kasallikning bolalar jamoasida tarqalishining oldini olish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati