Yangiobod mahallasida inson manfaati — e’tibor markazida
Buxoro shahridagi “Yangiobod” mahallasida 6 334 nafar aholi, 2 654 ta oila istiqomat qiladi. Mahallada 43 ta oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, 151 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yashaydi.
👮♂️ Mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Madinabonu Nigmatova tomonidan aholining ehtiyojlarini o‘rganish va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
🦿 Jumladan, I guruh nogironligi bo‘lgan Komil Ziyadillayevga boldir protezi, hassa va maxsus poyafzal berildi. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davolanishi uchun bir martalik moddiy yordam ajratildi, psixologik ko‘mak va bepul dori-darmon bilan ta’minlandi.
❗️ Ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar natijasida Komil Ziyadillayev Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasiga ishga joylashdi.