Yangiliklar

2026-09-09

🚻 JAMOAT HOJATXONALARIDA GIGIYENA — SALOMATLIK GAROVI

topics-img

🚻 JAMOAT HOJATXONALARIDA GIGIYENA — SALOMATLIK GAROVI

 

Jamoat hojatxonalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish aholi salomatligini muhofaza qilish va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.


🧼 Tozalik — xonalar va sanitariya jihozlari muntazam tozalanib, zarur hollarda dezinfeksiya qilinishi kerak.

🚰 Qo‘l gigiyenasi — qo‘l yuvish uchun suv, sovun va qo‘lni quritish vositalari bo‘lishi lozim.
🧻 Gigiyenik vositalar — tualet qog‘ozi va boshqa zarur vositalar yetarli miqdorda ta’minlanishi zarur.

🌬 Shamollatish — xonalar yaxshi shamollatilishi va havoning dimlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

🗑 Chiqindilar — chiqindilar maxsus idishlarga yig‘ilib, o‘z vaqtida olib chiqilishi lozim.

🧴 Dezinfeksiya — eshik tutqichlari, kranlar va ko‘p tegiladigan yuzalar muntazam tozalanib, dezinfeksiya qilinishi muhim.

Qulaylik va xavfsizlik — hojatxonalar barcha fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi kerak.

Jamoat hojatxonalarida sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish — sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlashning muhim shartidir.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati