Yangiliklar

2026-09-18

🏠 Xonadonlarda sanitariya-profilaktika tadbirlari

topics-img

🏠 Xonadonlarda sanitariya-profilaktika tadbirlari


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Romitan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan kasallik o‘choqlarida profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

 

 


🏠 Shuningdek, xonadonlarda aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, quyidagi mavzularda:

🔹 uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlash va saqlashda gigiyena qoidalariga rioya qilish;

🔹 botulizm kasalligining oldini olish;

🔹 mavsumiy kasalliklardan himoyalanish;

🔹 gripp va O‘RVI profilaktikasi;

🔹 qizamiq kasalligini oldini olish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

📌 Aholiga kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish hamda salomatlikni asrash bo‘yicha tarqatma materiallar taqdim etildi.


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati