25 APREL – BUTUNJAHON BEZGAKKA QARSHI KURASH KUNI
Har yili 25-aprel sanasida dunyo bo‘ylab Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni nishonlanadi. Bu kun insoniyatni xavf ostiga solayotgan, millionlab odamlarning hayotiga tahdid solayotgan bezgak kasalligiga qarshi kurashda hamjihatlik va birdamlikni ifodalaydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ushbu kunni nishonlash orqali quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
- aholining bezgak haqida xabardorligini oshirish;
- kasallikni oldini olish yo‘llarini targ‘ib qilish;
- global hamkorlikni kuchaytirish va mablag‘larni safarbar etish.
Har yili minglab insonlar, ayniqsa, bolalar ushbu xastalik qurboniga aylanmoqda. Bezgakka chalinishning oldini olish, erta aniqlash va samarali davolash orqali millionlab hayotlarni saqlab qolish mumkin.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati