Yangiliklar

2025-09-02

Mahalla fuqarolari bilan suhbat olib borildi.

topics-img

Mahalla fuqarolari bilan suhbat olib borildi.

‼️Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tumani bo‘limi  mutaxassislar tomonidan tumanda joylashgan “Quvvacha” mahallasida fuqarolarni sanitariya madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida sanitariya targ‘ibot tadbirlariga oid suhbat olib borildi.

Olib borilgan suhbati davomida:

turli xil kasalliklardan himoyalanishda emlashning ahamiyati;

sog‘lom turmush tarziga rioya qilish;

noma’lum uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik va iste’mol qilmaslik;

xarid jarayonlarida mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatiga amal qilish;

foydalanilgan idish-tovoqlarni o‘z vaqtida yuvish kerakligi xususida sanitariya targ‘ibot o‘tkazildi.

Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va yuqumli kasalliklardan saqlanishga oid muhim eslatmalar taqdim etildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati