Mahallada targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
🔬 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi boshlig‘i hamda bo‘lim xodimlari bilan “Xumin” MFY hududida shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, yuqumli kasalliklarni oldini olish mavzulari bo‘yicha fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
▶️Suhbat davomida, kasallikning avj olishi, alomatlari, kelib chiqish sabablari, organizmda kechishi, uning oldini olish choralari hamda davolash usullari haqida so‘z yuritildi. Agarda kasallikning ilk belgilari sezilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etilishi hamda uning tavsiyalari asosida davo-muolajalarini olish kerakligi ta’kidlandi.
🔬Mahalla aholisiga yuqumli kasalliklardan ogoh bo‘lish va ehtiyot chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ko‘rib borilishi yuzasidan kerakli tavsiyalar berilib, sanitariya targ‘iboti o‘tkazildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati