💉Emlash bu sizning sog‘ligingiz, yaqinlaringiz va jamiyat xavfsizligi uchun qadamdir
Vaksinatsiya ya’ni, emlash bir qator yuqumli kasalliklarni oldini olishda asosiy vosita hisoblanadi. Faqat profilaktik emlash orqali difteriya, poliomiyelit, qoqshol, ko‘kyo‘tal, sil, parotit, gripp, quturish, bakterial meningitlar, rotavirus infeksiyalari, bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanish hamda ularning asoratidan saqlanish mumkin.
‼️Shu sababli, Sanepidqomita Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan tibbiyot xodimlari o‘rtasida difteriya, poliomiyelit, qoqshol, ko‘kyo‘tal, sil, parotit, gripp, quturish, bakterial meningitlar, rotavirus infeksiyalari, bachadon bo‘yni saratoni kabi kasalliklarining epidemiologiyasi va patogenezi, klinika va diagnostikasi, davolash va profilaktika chora tadbirlari hamda ushbu kasalliklarning keng tarqalishini oldini olishda profilaktik tadbirlar yuzasidan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
‼️Seminar yig‘ilishida kasallik bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni saqlash, emlash ishlarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida olib borilishi, aholi xabardorligini oshirish, bu borada patronaj xizmati faoliyatini jadallashtirish borasida so‘z yuritildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati