Brutsellyoz kasalliklarning tarqalishini oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi
🔬Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tumani bo‘lim xodimlari tomonidan "Quruvchi" MFY aholi xonadonlarida brutsellyoz kasalliklarning tarqalishini oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.
Brutsellyoz-zooantroponoz ya’ni hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan xavfli kasallik hisoblanadi. Bu kasallik asosan quyidagi yo‘llar bilan yuqishi mumkin:
✔️ kasal hayvonning suti, siydigi, go‘ngi, tushgan bolasi bilan tashqariga chiqadi, shu hayvonning go‘shtida ham bo‘ladi.
✔️ organizmga brutsellalar hazm va nafas yo‘llarining shilliq pardalari, shikastlangan teri orqali tushadi.
✔️ brutsellyoz bilan og‘rigan molning xom suti va sut mahsulotlari (pishloq, moy), chala pishirilgan go‘shti iste’mol qilinganda odamga yuqadi.
✔️ bahorgi qo‘y-echkilarni qo‘zilatish (to‘l) davrida kasallikni tarqatish va yuqtirib olish xavfi kuchayadi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati