Aholi xonadonlarida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
🔹Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro tuman xodimlari tomonidan "Xonobod" MFY da sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, yuqumli, parazitar kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
🔸Yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishining oldini olishga va ularni kamaytirishga, ular yuqish yo‘llari va omillariga ta’sir ko‘rsatishga va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan epidemiologik asoratlar oqibatlarini tugatishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar to‘g‘risida suhbat olib borildi.
🔹Aholiga yuqumli va parazitar kasalliklar yuzaga kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari o‘tkazilishini tashkil qilish to‘g‘risida tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati