Aholi yashash punktlarida sanitariya targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda
📌 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Mahallabay" ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tumandagi mahallalarda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar olib borilmoqda.
🔹 Jumladan, tuman bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurib aholi orasida sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, sog‘lom ovqatlanish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, eslatmalar tarqatilmoqda.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati