Yangiliklar

2025-03-20

Barcha xodimlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman! Sizlarga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik, har bir kuningizga tinchlik va osoyishtalik tilayman.

topics-img

✨Hurmatli yurtdoshlar!

✨Bugun, jonajon yurtimizga go‘zallik, nafosat, yasharish va yangilanish bayrami – Navro‘z kirib kelmoqda. Dala va qirlarimiz, bog‘ va yaylovlarimiz ko‘klam yomg‘irlari ostida yasharib, bo‘lg‘usi mo‘l hosil va barakadan darak bermoqda. Ushbu muborak ayyomda har bir inson o‘zining tabiat farzandi ekanini yana bir bor anglab, tabiiy go‘zallik va yangilanishni his etadi.

Siz, aziz yurtdoshlarni kundalik mehnatingiz orqali yurtimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash va ularni turli kasalliklardan saqlash yo‘lida qo‘shgan hissangiz yuksak baholanishga loyiqdir.

✨Shu munosabat bilan, barcha xodimlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklayman! Sizlarga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik, har bir kuningizga tinchlik va osoyishtalik tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Yurtimizda sog‘lik, baraka va tinchlik doimo bo‘lsin!

Hurmat bilan, Ashur To‘xtayev
Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i