Yangiliklar

2026-07-09

Deratizatsiya va dezinseksiya tadbirlari amalga oshirildi

topics-img

Deratizatsiya va dezinseksiya tadbirlari amalga oshirildi

 

📌 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Olot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Davlatboy" MFY hududining cho‘l zonasida kemiruvchilar koloniyalarida deratizatsiya hamda iskabtoparlarga qarshi dezinseksiya tadbirlari amalga oshirildi.

🔹 Iskabtoparlarning ayrim turlari qoramol, echki, it, boshqa yovvoyi sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda odam qonidan oziqlanadi. Ular leyshmanioz va boshqa kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishi mumkin.

 

 

🔹 Profilaktik tadbirlar doirasida kemiruvchilarning uya qurishi, oziqlanishi va ko‘payishi uchun qulay sharoitlar bartaraf etildi hamda ularning sonini kamaytirishga qaratilgan deratizatsiya ishlari olib borildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati