Yangiliklar

2026-07-08

🎓 Malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

topics-img

🎓 Malaka oshirish kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

 

📌 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasining 15 nafar xodimi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyati Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazida tashkil etilgan "Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi" yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

 

 

 

🔹 Malaka oshirish kursi davomida tinglovchilarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlarni muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi tizimini samarali tashkil etish, yong‘in va texnogen xavflarda to‘g‘ri harakat qilish, kimyoviy va biologik xavflarga qarshi himoyalanish hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

 

 

🔹 Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, maxsus himoya vositalaridan foydalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati