📍 Sanepidqo‘mitaning Buxoro viloyati boshqarmasi mutaxassislari hamda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida “Xavfli obyektlarda profilaktika oyligi” doirasida “China Petroleum Logging Central Asia” MCHJda profilaktik tadbir o‘tkazildi.
🔬 Tadbir davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini saqlash, tashish va ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi holati o‘rganildi.
👨🏫 Shuningdek, korxona ishchi-xodimlariga ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda mehnat muhofazasi, radiatsion xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar va tavsiyalar berildi.
📍 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati