📝Bolalar bo‘limida rejali nazorat tadbiri o‘tkazildi.
🔬 Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishi yuzasidan Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tumani bo‘limi mutaxassis xodimlari tomonidan TTBga qarashli bolalar bo‘limida rejali nazorat tadbiri amalga oshirildi.
✅ Nazorat davomida bolalar bo‘limida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, tibbiy jihozlar, sanitariya-tozalik holati hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔍 Mutaxassis xodimlar tomonidan bo‘limdagi barcha xonalardan havo, suv, surtma hamda boshqa zarur namunalar olinib, bakteriologik laboratoriyaga tahlil uchun yuborildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati