Yangiliklar

2026-08-18

📢 DIQQAT, E’LON!

topics-img

 

📢 DIQQAT, E’LON!

Hurmatli fuqarolar!

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘ining navbatdagi Buxoro tumanida aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o‘rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabuli o‘tkaziladi.

Hurmatli fuqarolar! Sizning Buxoro tumanidagi sanitariya-epidemiologik muammolarni aniqlash va ularga yechim topish uchun qilgan murojaatingiz juda muhim.



Agar sizda muammolar mavjud bo‘lsa, joriy yilning 19-avgust (Chorshanba) sanasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i v.v.b. U.Jo‘rayev tomonidan  Buxoro tumani Shergiron MFY, Dehmiyona ko‘chasi, 11-uy(Mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ) sayyor qabul o‘tkaziladi.

⏰ Qabul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati