Yangiliklar

2026-08-17

🕌 “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida masjidlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

topics-img

🕌 “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida masjidlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi,tuman Ichki ishlar bo‘limi hamda Favqulotda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida jamoat sog‘lig‘ini muhofaza qilish va fuqarolarga qulay muhit yaratish maqsadida navbatdagi profilaktik ishlar amalga oshirildi.

🔹 Xususan,Jondor tumanida joylashgan “Qizbibi”Jome masjidida tashrif buyuruvchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash maqsadida dezinfeksiya ishlari hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.



🧼 Masjidlardagi umumiy foydalanishdagi joylarning sanitariya holati, sovuq va issiq suv bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, kundalik tozalash va zararsizlantirish ishlarining olib borilishi holati atroflicha o‘rganilib, doimiy nazoratga olindi.

📋 Tadbir yakunida, masjid xodimlari va ma’muriyatiga sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, tozalikni doimiy saqlash hamda dezinfeksiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan zaruriy tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati