📢 Hurmatli fuqarolar!
📢 SIZNING FIKRINGIZ BIZ UCHUN MUHIM!
‼️Korrupsiyaning oldini olish va xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasida maxsus QR-kod orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
📱 Siz mobil telefoningiz yordamida QR-kodni skanerlab:
✅ ko‘rsatilgan xizmatni baholashingiz;
✅ o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirishingiz;
✅ taklif va tavsiyalaringizni qoldirishingiz mumkin.
💬 Har bir fikr va baho xizmatlarimiz sifatini yanada yaxshilash, fuqarolar murojaatlariga e'tiborni kuchaytirish hamda faoliyatimiz samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati