📍 Sanitariya-gigiyena targ‘ibot ishlari olib borildi
🧼📌 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako‘l tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Solur MFY hududida aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🏡 Tadbir davomida xonadonlarning oshxona, hammom va hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yashash xonalarining tozaligi, ichimlik suvidan foydalanish sharoiti, maishiy chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish va saqlash holati hamda xonadon atrofining obodonlashtirilganligi o‘rganildi.
💬 Aholiga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash, xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish, xonadonning sanitariya holatini muntazam nazorat qilish, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish hamda hasharot va kemiruvchilar ko‘payishining oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati