Yangiliklar

2026-09-04

Markazda yangi o‘quv yili boshlandi!

topics-img

Markazda yangi o‘quv yili boshlandi!

 

🎓 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida yangi o‘quv yili o‘quv kurslari bilan boshlandi.

🔹 Epidemiologiya

🔹 Bakteriologiya

🔹 Sanitariya-gigienik laboratoriya tekshiruvlari yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan kurslarda turli hududlardan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

 

👩⚕️📖 Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar sohaga oid zamonaviy bilimlarini boyitib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda hamda kasbiy malakasini oshirmoqda.

 

🤝 Bunday o‘quv kurslari sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va sohada malakali kadrlar salohiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati