Yangiliklar

2026-09-07

Aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha profilaktik sanitariya-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

topics-img

Aholi salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha profilaktik sanitariya-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

🔬 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoro tuman bo‘limi mas’ul xodimlari hamda Veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Gala Osiyo dehqon bozori hududida oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida profilaktik sanitariya-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.     


🔎 Tadbir davomida savdo rastalarida mahsulotlarning saqlash sharoitlari, sifati va iste’molga yaroqliligi o‘rganildi. Organishlar jarayonida,"Yangiturmush "MFYda yashovchi Sh.Axmedovaga tegishli 8 kg banan istemolga yaroqsiz holatda ekanligi aniqlanib, mazkur mahsulotlar savdodan olib tashlandi.

 

Mutasaddi xodimlar tomonidan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarining kelib chiqishi, saqlash muddati va gigiyenik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

 

      


Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati