Yangiliklar

2026-09-09

📌 Profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi

topics-img

📌 Profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi


Aholi xonadonlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda kasalliklarning oldini olish maqsadida Quruvchi MFY, Yoshlik ko‘chasida yashovchi fuqaro xonadonida dezinfeksiya va deratizatsiya ishlari amalga oshirildi.

 

 

👩‍⚕ Tadbir davomida Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Vobkent tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan xonadon va hududlarga maxsus vositalar yordamida sanitariya ishlovi berildi.

 

 

Ishlov berish jarayonida:

🔹 yashash xonalari;

🔹 maishiy buyumlar va mebellar;

🔹 oshxona hududi;

🔹 hovli va yordamchi xo‘jalik hududlari;

🔹 zararli hasharotlar va kemiruvchilar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylar qayta ishlovdan o‘tkazildi.

✅  Fuqaroga xonadonda tozalikni saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati