📍 Kasallik o‘choqlarida zaruriy chora-tadbirlar
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Peshku tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Yangiobod” MFY Ofandar qishlog‘ida, virusli gepatit A kasalligi qayd etilgan xonadonda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida, dezinfeksiya ishlari olib borildi.
♻️ Dezinfeksiya jarayonida:
⏺️ yashash xonalarining ichki qismlari;
⏺️ maishiy buyumlar va mebellar;
⏺️ oshxona anjomlari;
⏺️ eshik tutqichlari va tez-tez foydalaniladigan sirtlar maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida qayta ishlovdan o‘tkazildi.
👩⚕️ Shu bilan birga, aholiga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish hamda oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyenik sharoitda saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
📢 Esda tuting! Sog‘lig‘ingiz o‘zingizning qo‘lingizda!
Qo‘llarni yuvish, qaynatilgan suv ichish va farzandlaringizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish — kasallikka qarshi eng kuchli himoyadir.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati