🚨Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi
📌 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari va tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida Vobkent tumanida “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida kuydirgi kasalligini oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulot va amaliy seminar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga:
🔰 kuydirgi kasalligining oldini olish choralari;
🔰 o‘ta xavfli yuqumli kasalliklardan himoyalanish;
🔰 birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari;
🔰 sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishning ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📝 Tadbir yakunida ishtirokchilarga uy hayvonlarini o‘z vaqtida emlatish, qarovsiz hayvonlar bilan muloqotdan saqlanish, shaxsiy va jamoat gigiyenasiga qat’iy rioya etish hamda shubhali holatlarda mas’ul xizmatlarga zudlik bilan murojaat qilish tavsiya etildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati