Yangiliklar

2026-08-06

“EKO” dehqon bozorida sanitariya holatini o‘rganish ishlari

topics-img

“EKO” dehqon bozorida sanitariya holatini o‘rganish ishlari

🔬 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan “EKO” dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida bozor hududida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va sifati alohida nazoratdan o‘tkazildi, jumladan:
 



🍖 go‘sht va go‘sht mahsulotlari;
🥛 sut va sut mahsulotlari;
🍏 meva va sabzavotlarning sanitariya-gigiyena talablari tekshirildi.

✅ Tadbir yakunida sotuvchilarga oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash, hamda ularning sifat va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, kelib chiqishi noma’lum, uy sharoitida tayyorlangan, yorliqsiz hamda saqlash qoidalari buzilgan mahsulotlarni xarid qilish tavsiya etilmaydi. Bunday mahsulotlar iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi va ovqatdan zaharlanish holatlariga sabab bo‘lishi mumkin.



Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati