❇️ “Mahallabay” ishlash tizimi doirasida sanitariya targ‘ibot ishlari olib borildi
‼️ Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi G‘ijduvon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Sarvari” MFY xonadonlarida sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
👩⚕️ Tadbir davomida aholi o‘rtasida:
🧴 Toza qo‘llar gigiyenasiga rioya qilish;
🥘 Ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish;
🥦 Botulizm kasalligidan himoyalanish choralari;
🧼 Shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
☀️ Shuningdek, fuqarolarga issiq havoda ko‘proq meva-sabzavotlar, poliz mahsulotlari va suyuqliklarni iste’mol qilish, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalariga amal qilish zarurligi tushuntirildi.
♻️ Tadbir yakunida mavsumiy kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati