Yangiliklar

2026-09-03

Maktab yoshidagi bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish qanchalik muhim?

topics-img

#Bilasizmi

Maktab yoshidagi bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish qanchalik muhim?

🖥Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (SanPiN)ga muvofiq, bolalarning ovqatlanishi ularning jismoniy rivojlanishi, aqliy faolligi, darslarda diqqat e’tiborini jamlashi va immunitetini mustahkamlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
🍽Asosiy tamoyillar:

1Xilma-xillik – Bolaning haftalik ratsionida go‘sht (mol, tovuq, baliq), sut va sut mahsulotlari, sabzavot, meva, don mahsulotlari hamda dukkaklilar muntazam bo‘lishi kerak.

2Balanslanganlik – Oqsil, yog‘ va uglevodlar organizm ehtiyojiga mos miqdorda bo‘lishi shart. Masalan, oqsil manbalari (go‘sht, tuxum, sut), foydali yog‘lar (o‘simlik moyi, yong‘oq), sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar (non, yorma, kartoshka).

3Vitamin va minerallar – Ayniqsa temir, kalsiy, D vitamini va B guruhi vitaminlari bolalar uchun zarur. Bu suyaklarning sog‘lom o‘sishi va qon tarkibining to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.

4Tozalikka rioya qilish – SanPiN talablariga ko‘ra, maktab oshxonalarida mahsulotlarni saqlash, tayyorlash va taqdim etishda gigiyena qoidalari qat’iy amal qilinishi lozim.

5 Ovqatlanish rejimi – Bolalar kamida 4 mahal ovqatlanishi kerak:

✅  Nonushta — kunni serg‘ayrat boshlash uchun muhim.

✅  Tushlik — issiq birinchi va ikkinchi taomlar majburiy.

✅  Poldnik (tamaddi) — meva yoki sut mahsulotlari.

✅  Kechki ovqat — yengil va oson hazm bo‘ladigan bo‘lishi kerak.

🚫Cheklash zarur bo‘lgan mahsulotlar:

Gazli ichimliklar, chips, fast-fud, ortiqcha shakarli shirinliklar.

Haddan tashqari tuz va yog‘li taomlar.

💧Ichimlik rejimi – Bolalar kun davomida yetarli miqdorda toza suv ichishi kerak.

🚫Shirin va gazlangan ichimliklar ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati