Quyosh tig‘i ostidagi ichimliklarni saqlash sharoitlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari
📌Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Jondor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Zarafshon MFY hududida joylashgan savdo do‘konlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, xususan, quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan va sotilayotgan ichimlik mahsulotlarining holati bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
🔹Tadbir davomida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ichimlik mahsulotlarini saqlashda amaldagi sanitariya me’yorlariga qat’iy rioya qilish, mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ta’siridan himoyalash, saqlash harorati talablariga amal qilish hamda yaroqlilik muddatlarini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📘 Mutaxassislar tomonidan issiq ob-havo sharoitida ichimlik mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash ularning sifati va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, natijada iste’molchilar salomatligi uchun turli xavflarni keltirib chiqarishi mumkinligi ta’kidlandi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati