🗓 2-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 616-XII-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. Davlat gerbi xalqimizning milliy g‘ururi, mustaqilligi, tinchligi va porloq kelajagini ifodalaydi.
Gerbdagi Humo qushi — baxt va erksevarlikni, quyosh — nurli kelajakni, bug‘doy boshoqlari va g‘o‘za shoxlari esa yurtimiz farovonligi va mehnatsevar xalqimizni anglatadi.
Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati