Yangiliklar

2025-06-05

Masjidlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

topics-img

    

 

Masjidlarda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

🔹 Qurbon hayiti bayrami arafasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Buxoro viloyat boshqarmasi Kogon shahar bo‘limi tomonidan jamoat sog‘lig‘ini muhofaza qilish va fuqarolarga qulay muhit yaratish maqsadida navbatdagi profilaktik ishlar amalga oshirildi.

 

🔹 Xususan, Kogon shahrida joylashgan Alisher Navoiy va Xazrati Ali masjidlarida tashrif buyuruvchilarning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash maqsadida dezinfeksiya ishlari olib borildi.

 

Masjidlardagi hojatxona, tahoratxona hamda umumiy foydalanishdagi joylarning sanitariya holati, sovuq va issiq suv bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, kundalik tozalash va zararsizlantirish ishlarining olib borilishi holati atroflicha o‘rganilib, doimiy nazoratga olindi.

 

📋 Qurbon hayiti munosabati bilan diniy maskanlarga tashrif buyuruvchilar sonining ortishi inobatga olinib, masjid xodimlari va ma’muriyatiga sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, tozalikni doimiy saqlash hamda dezinfeksiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan zaruriy tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

 

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati