Yangiliklar

2025-05-05

🔹 Meningit kasalligini oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

topics-img

 

    

 🔹 Meningit kasalligini oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

📍 Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan shahar tibbiyot birlashmasida "Meningit" kasalligi va uning kelib chiqishi sabablari, yuqish yo‘llari hamda oldini olish choralariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida, ushbu kasallikning klinik belgilari, tarqalish yo‘llari va unga qarshi olib borilayotgan profilaktik va emlash ishlari, meningitning turlari haqida tibbiy xodimlarga ma’lumot berildi.

🔹 Seminar yakunida, mavzu yuzasidan mutaxassislar ishtirokida savol-javoblar tashkil etildi. Unda barcha ishtirok etgan xodimlar o‘zaro fikr almashdi.

Sanepidqo‘mita Buxoro viloyati boshqarmasi Axborot xizmati